AsosiyJamiyat

Pop tumanida hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan ushlanidi

Namangan viloyati Pop tumanida yer masalalari bilan bog‘liq ikki holatda mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari aniqlandi, ular tezkor tadbirlar davomida fosh etildi.

'Pop tumanida hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan ushlanidi'ning rasmi

Ma'lum qilinishicha, tuman hokimining mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi yordamchisi 1988 yilda tug‘ilgan fuqaroga dehqon xo‘jaligi uchun 49 yilga ajratilgan 30 sotix yer maydonini xususiy mulk sifatida rasmiylashtirib berish va uning 6 sotix qismida qurilgan uy-joy uchun kadastr hujjatlarini tayyorlatish evaziga 2 ming AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 1000 AQSh dollarini tanishi orqali olgan vaqtida ushlangan.

Yana bir holatda esa Davlat kadastrlari palatasining Pop tuman filiali xodimi davlat zaxirasidagi 10 sotix yer maydoni va unda qurilgan uy-joyni fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 900 AQSh dollari va 4,8 million so‘m olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Har ikki holat bo‘yicha tegishli moddalar asosida jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmogda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Vnukovodagi soxta chiptalar sxemasi fosh bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:28

    Vnukovodagi soxta chiptalar sxemasi fosh bo‘ldi

    Soxta bilet sotib olib jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar ham bor.

    'Chet elda vafot etganlarning jasadini olib kelish xarajatlarini davlat qoplab beradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:25

    Chet elda vafot etganlarning jasadini olib kelish xarajatlarini davlat qoplab beradi

    Endi jasaddi olib kelish xarajatlari Migratsiya jamg'armasi mablag'lari hisobidan qoplanadi.

    'Abdulla Avloniyning nabirasi AQShdan qaytib, Oʻzbekistonda dars bermoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:20

    Abdulla Avloniyning nabirasi AQShdan qaytib, Oʻzbekistonda dars bermoqda

    "Olgan bilimim va to‘plagan tajribalarim bilan bo‘lishish istagida yana ona yurtimga qaytdim", - deydi Jamshid Avloniy.

    'Samarqandda ijara olingan xonadonda “hujra” tashkil qilgan shaxs qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:53

    Samarqandda ijara olingan xonadonda “hujra” tashkil qilgan shaxs qo‘lga tushdi

    Ushbu fuqaro "hujra"da noqonuniy diniy ta'lim berib kelganligi aniqlandi.

    'Bugun havo harorati 9-11 daraja iliq bo‘ladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:07

    Bugun havo harorati 9-11 daraja iliq bo‘ladi

    7 fevral kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.