AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonda oltin narxi rekord darajada qimmatlandi

Bugun, 21 yanvar kunida Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda oltin quymalarning bir grammi yangi rekord — 1 million 894 ming 820 so‘mga baholanmoqda.

'Oʻzbekistonda oltin narxi rekord darajada qimmatlandi'ning rasmi

Oltin quymalarning narxi quyidagicha:

5 gramm – 9 million 474 ming so‘m

10 gramm – 18 million 948 ming so‘m

20 gramm – 36 million 896 ming so‘m

50 gramm – 90 million 741 ming so‘m

100 gramm – 180 million 482 ming so‘m

Jahon bozorida ham oltin qimmatlashmoqda: 21 yanvar kuni bir troy untsiyasi qariyb 4860 AQSh dollariga sotilgan.

Narxning oshishiga AQShning Grenlandiya bo‘yicha talablari va global siyosiy vaziyat ta’sir qilgani aytiladi. Masalan, 12 yanvarda 5 grammlik quyma ilk bor 9 million 10 ming so‘mga sotilgan edi.

    Boshqa yangiliklar