AsosiyJamiyat

AQSHda noqonuniy yashayotgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Америка Қўшма Штатларида ноқонуний бўлиб турган 44 нафар Ўзбекистон фуқароси ватанга қайтарилди.

'AQSHda noqonuniy yashayotgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi'ning rasmi

AQSh hududida noqonuniy bo‘lib turgan shaxslarni deportatsiya qilish maqsadida ushbu davlatning vakolatli idoralari tomonidan yana bir charter reysi 21 yanvar kuni amalga oshirildi. Bu haqda TIV matbuot kotibi xabar qildi.

Qayd etilishicha, ushbu reysda 44 nafar O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi. Charter reysi AQShning tegishli hukumat idoralari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Reysning amalga oshirilishi orqali O‘zbekiston fuqarolarining mamlakatga xavfsiz va o‘z vaqtida qaytarilishi ta’minlanganiga qo‘shimcha qilindi.

“Mazkur tadbir O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikning yana bir muhim namunasidir. Yurtimiz fuqarolarining o‘zga davlatlarda xavfsizligini ta’minlash, ularning qonuniy huquqlarini himoya qilish va ularni Vataniga qaytarish borasidagi hamkorlik davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar