Bugun kechasi O‘zbekiston hududi sovuq antisiklon ta’siri ostida bo‘ladi. Havo harorati asosan bugun kunduzi 0...-3 daraja sovuq, kechasi 24 yanvarda -5...-8 daraja sovuq bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.
24 yanvar kuni kunduzi sovuq antisiklon O‘zbekiston hududidan chekinadi va sovuq havo massalarining ta’siri asta-sekin kuchsizlanadi. Harorat kunduzi 0...+3 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
25 yanvar yakshanba kuni havo harorati nisbatan ko‘tariladi. Kechalari -3...+2 daraja, kunduz kunlari +5...+8 daraja bo‘ladi.
23-24 yanvar kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida bugun kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda kuchsiz qor yog‘adi, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida ertaga kunning yarmida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
25 yanvar kuni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlaridan tashqari respublikaning ayrim joylarida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin,.
Respublikaning ba’zi joylariga tuman tushishi mumkin.
24-25 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkentda bugun va ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Yakshanba kuni asosan yomg‘ir ko‘rinishida biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.
Havo harorati bugun kunduzi -1...-3 daraja sovuq bo‘ladi. Shanba kuni kechasi -6...-8 daraja sovuq, kunduzi 0...+2 daraja iliq bo‘ladi. Yakshanba kuni kechasi -1...+1 daraja, kunduzi +5...+7 daraja bo‘ladi.






