AsosiyJamiyat

Serjelida uch qavatli uyning tom qismida yong‘in chiqdi

Hozirda hodisa sabablari aniqdanmoqda.

'Serjelida uch qavatli uyning tom qismida yong‘in chiqdi'ning rasmi

Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan uch qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi ma’lum qilishicha, 25 yanvar kuni soat 20:17 da Sergeli tumani Belariq 1-tor ko‘chasidagi uch qavatli uyning tom qismi yonayotgani haqida xabar tushgan.

Qutqaruv ekipaji soat 20:27 da voqea joyiga etib borgan, yong‘in 20:39 da qurshab olinib, 20:51 da to‘liq o‘chirilgan. Hodisa sabablari aniqdanmoqda.

    Boshqa yangiliklar