Tennischi bu haqda o'zining Instagram sahifasida xabar bergan. Unga ko'ra, o'ng bilagidagi jarohat sabab hali to'liq tiklanmaganligi uchun musobaqalarga tayyor emas.
Avvalroq Alkaras jarohati tufayli Madrid "Masters" turniri va Barselonadagi ATP 500 musobaqasini o'tkazib yuborgan edi. Keyinchalik u Fransiya ochiq chempionati hamda Rim "Masters" turnirida ham qatnashmasligi ma'lum bo'ldi.
"Sog'ayish jarayoni reja bo'yicha ketmoqda va o'zimni ancha yaxshi his qilyapman. Ammo hozircha musobaqalarda ishtirok etishga tayyor emasman. Shuning uchun London turniri va Uimbldondan chiqishga qaror qildim. Bu men uchun juda muhim musobaqalar edi va ularni sog'inaman", deb yozdi Alkaras.
Ma'lumot uchun, 23 yoshli tennischi joriy mavsumda Avstraliya ochiq chempionati va Doha turnirida g'olib chiqqan. 2025 yilgi Uimbldon turnirida esa finalgacha yetib borib, hal qiluvchi bahsda Jannik Sinnerga mag'lub bo'lgan edi.






