AsosiyJamiyat

Toshkent-Chorvoq yo'lida tezlik pasaytirildi

Qaror YTHlar soni ortishi bilan izohlanmoqda.

'Toshkent-Chorvoq yo'lida tezlik pasaytirildi'ning rasmi

Toshkent–Chorvoq avtomobil yo‘lining ayrim qismlarida harakat tezligi 80 km/soatgacha cheklandi. Bu haqda 2 fevral kuni qabul qilingan Toshkent viloyati Xalq deputatlari kengashi qarorida belgilangan.

Qarorga ko‘ra, davlat ahamiyatiga ega "Bektemir–Chirchiq–G‘azalkent–Chorbog‘ qo‘rg‘oni" avtomobil yo‘lining 19–74 kilometrlari oralig‘ida tezlikka rioya etilmasligi oqibatida 2025 yil davomida 63 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Natijada 15 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 50 nafar inson turli darajada tan jarohati olgan.

Shu munosabat bilan 4P-12 avtomobil yo‘lining aholi yashash joylaridan tashqari bo‘lgan olti qismida maksimal tezlik 100 km/soatdan 80 km/soatga tushirildi.

Ma’lumot o‘rnida, avvalroq Angren shahrida tezlik belgilarining noma’lum shaxslar tomonidan o‘zgartirib qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Jaholatga qarshi faqat ma’rifat yetarli emas — Alisher Qodirov'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:34

    Jaholatga qarshi faqat ma’rifat yetarli emas — Alisher Qodirov

    Internet bezoriligi uchun jarima va ma’muriy qamoq taklif etilmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:46

    'Husanov oyning eng yaxshisi bo‘lishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:39

    Husanov oyning eng yaxshisi bo‘lishi mumkin

    Oʻzbek himoyachi “Siti”da eʼtirof qilindi.

    'Samarqandda velosipedchi ishtirokidagi YTH o‘lim bilan yakunlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:19

    Samarqandda velosipedchi ishtirokidagi YTH o‘lim bilan yakunlandi

    Toʻyloq tumanida yuk mashinasi urib yuborgan velosipedchini orqadan kelayotgan Damas bosib ketdi. Oqibatda fuqaro voqea joyida halok boʻldi.

    '"Bormi og‘riq?" — Iqbol Saliyevga xalq tabobati bilan noqonuniy shug‘ullangani uchun jazo tayinlandi.'ning rasmi

    Jamiyat 02.02.2026 16:36

    "Bormi og‘riq?" — Iqbol Saliyevga xalq tabobati bilan noqonuniy shug‘ullangani uchun jazo tayinlandi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tabibda xalq tabobati usullarini qo‘llash orqali tibbiy xizmat ko‘rsatish litsenziyasi mavjud emas.

    '1 apreldan kommunal va yoqilg‘i xizmatlarida naqd pul bekor qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat 02.02.2026 15:37

    1 apreldan kommunal va yoqilg‘i xizmatlarida naqd pul bekor qilinadi

    2026 yil 1 apreldan boshlab O‘zbekistonda bir qator kundalik xizmatlar uchun faqat elektron to‘lov shakllari amal qiladi.