AsosiyDunyo

Rossiyada 9-sinf o‘quvchisi maktabda o‘q uzdi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

'Rossiyada 9-sinf o‘quvchisi maktabda o‘q uzdi'ning rasmi

Rossiyaning Ufa shahrida joylashgan 16-gimnaziyada 9-sinf o‘quvchisi o‘qituvchi va sinfdoshlariga qarata o‘q uzdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 3 fevral kuni soat 11:00 atrofida sodir bo‘lgan. O‘quvchilardan biri darsga plastik pnevmatik avtomat bilan kirib, o‘qituvchi va uch nafar sinfdoshiga bir necha marta o‘q uzgan, shuningdek, petarda portlatgan.

Hodisa haqida xabar kelib tushgach, voqea joyiga politsiya, Rosgvardiya va boshqa tezkor xizmatlar yetib borgan. 15 yoshli o‘smir zudlik bilan qo‘lga olingan. Voqea joyiga Boshqirdiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Aleksandr Voronejskiy ham borgan.

Boshqirdiston rahbari Radiy Habirovning ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Ayni paytda voqeaning barcha holatlari o‘rganilmogda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Rossiyada 13 yoshli bola hammomda telefon ishlatib halok boʻldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:50

    Rossiyada 13 yoshli bola hammomda telefon ishlatib halok boʻldi

    Elektr xavfsizligi qoidalari yana bir bor hayot evaziga esga solindi.

    'Eron EI elchilariga ogohlantirish yubordi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 05:03

    Eron EI elchilariga ogohlantirish yubordi

    Теҳрон Брюссел қарорини очиқ таҳдид деб баҳоламоқда.

    'AQShda xitoylik xodimlar hibsga olinishi Pekin noroziligiga sabab boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 02.02.2026 17:09

    AQShda xitoylik xodimlar hibsga olinishi Pekin noroziligiga sabab boʻldi

    Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQShda xitoy kompaniyalari xodimlarining asossiz hibsga olinishi va soʻroq qilinishiga qarshi keskin norozilik bildirdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 02.02.2026 10:18

    '"Gremmi" sovrindorlari Trumpning immigratsiya siyosatini qoraladi'ning rasmi

    Dunyo 02.02.2026 08:27

    "Gremmi" sovrindorlari Trumpning immigratsiya siyosatini qoraladi

    "Yil qo'shig'i" nominatsiyasida g'olib chiqqan Billi Aylish va "Yil albomi" nominatsiyasi g'olibi Bad Banni AQShda muhojirlarni deportatsiya qilish siyosatini tanqid qildi.