Bu haqda u o‘zining X (Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozib qoldirgan.
Prezidentning bildirishicha, u tashqi siyosat uchun mas’ul rasmiylarga Vashingtonning muzokaralar bo‘yicha taklifiga javob tayyorlashni topshirgan. Pezeshkiyonga ko‘ra, muzokaralar “adolatli va xolis” bo‘lishi, shuningdek, Eron uchun muhim bo‘lgan tamoyillar — qadr-qimmat, donolik va milliy manfaatlar asosida olib borilishi lozim.
U har qanday mulogot Eronning milliy manfaatlarini inobatga olgan holda qurilishi shartligini ta’kidlab, bosim, tahdid va “asossiz talablar” mavjud bo‘lgan sharoitda muzokaralar o‘tkazilishi mumkin emasligini bildirgan.
Shu bilan birga, Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Bag‘aiyning aytishicha, Tehron va Vashington o‘rtasidagi ehtimoliy muzokaralar yaqin kunlarda Turkiyada bo‘lib o‘tishi mumkin. Uning ta’kidlashicha, Eron uchun asosiy masalalardan biri — AQSH va G‘arb davlatlari tomonidan joriy qilingan sanksiyalarni bekor qilish hisoblanadi.
Ma’lum qilinishicha, bundan oldin AQSH Prezidenti Donald Trump Eron tomondan Abraham Lincoln avianosechi boshchiligida harbiy flot yuborilganini e’lon qilgan. U Eronga yadroviy quroldan voz kechib, “adolatli va teng huquqli” kelishuv tuzishga chaqirgan hamda aks holda harbiy zarbalar kuchaytirilishi mumkinligini aytgan.
Bunga javoban, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSH tahdidlarini davom ettirar ekan, mamlakat to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga kirishmasligini ma’lum qilgan.






