AsosiyJAMIYAT

Ayrim hududlarda kuchli shamol kuzatilishi mumkin

"O'zgidromet" 5 fevral kuni respublika bo'ylab kuchli shamol va chang-to'zonlar kuzatilishi mumkinligi haqida tezkor ogohlantirish berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun kunduz kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ayrim hududlarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Ayrim joylarda esa shamol 20–22 m/s gacha yetib, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmog‘da. Toshkent shahrida shamol tezligi 12–14 m/s gacha kuchayishi prognoz qilinmog‘da.

Avvalroq O‘zgidromet 5–9 fevral kunlari kutilyog‘in yomg‘irgarichlik va havo haroratining o‘zgarishi sababli respublika tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi mavjudligini ma’lum qilgan edi.

    Boshqa yangiliklar