Uchrashuvda jamoa muvaffaqiyatiga O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari — Abbosbek Fayzullayev va Eldor Shomurodov o‘z gollari bilan munosib hissa qo‘shdi. Fayzullayev bahsning 8-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni ochdi. 22-daqiqada esa Shomurodov "Bashakshehir"ning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Biroq oradan uch daqiqa o‘tib, O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘limda ham mehmonlar ustunlikni saqlab qoldi. 50-daqiqada Miguel Krespo uchinchi golni kiritgan bo‘lsa, 65-daqiqada Ivan Brinich hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Uchrashuvning 79-daqiqasida "Fotih Karagumruk"ning yagona goliga Abdulqodir Mussa Kone mualliflik qildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "Istanbul Bashakshehir" ochkolarini 6 taga yetkazib, Turkiya kubogining "A" guruhida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Jamoa navbatdagi o‘yinini 2 mart kuni "Trabzonspor"ga qarshi o‘tkazadi.






