Ma’lum qilinishicha, voqea joriy yilning 31 yanvar kuni Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida sodir bo‘lgan. 41 yoshli erkak mast holatda keliniga jinsiy aloqa qilishni taklif qilgan, unga nisbatan shahvoniy mazmundagi nomaqbul so‘zlar ishlatgan va uni quchoqlashga uringan. Shuningdek, u ayolga ruhiy bosim o‘tkazgan.
Qayd etilishicha, mazkur ayolga avvalroq himoya orderi berilgan bo‘lib, ayblanuvchi uning talablarini qasddan buzgan. Sud jarayonida erkak o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lib, sodir etilgan harakatlar kuchli mastlik holatida amalga oshirilganini bildirgan.
Sud uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi (shahvoniy shilqimlik) hamda 206-1-moddasi (himoya orderi talablarini bajarmaslik) bilan aybdor deb topdi.
Huquqbuzarliklar majmuini inobatga olgan holda, sud erkakka nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.






