AsosiyJamiyat

Oʻzbekiston Nipah virusi sabab Hindistondan hayvonlar importini vaqtincha taqiqladi

Нипаҳ вируси тарқалиши билан боғлиқ эпидемиологик хавф сабаб Ўзбекистон Ҳиндистон Республикасидан тирик ҳайвонлар ва қушларни олиб киришни вақтинча тақиқлади.

'Oʻzbekiston Nipah virusi sabab Hindistondan hayvonlar importini vaqtincha taqiqladi'ning rasmi

Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektorining qaroriga asosan, Hindistonning barcha hududlaridan tirik hayvonlar va qushlar importiga, shuningdek, G‘arbiy Bengalya shtatidan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi barcha turdagi tovarlarni olib kirishga 2026 yil 29 yanvardan boshlab cheklov joriy etilgan.

Mazkur chora Nipah virusining O‘zbekiston hududiga kirib kelishining oldini olish maqsadida qabul qilingan.

Qayd etilishicha, Xalqaro hayvonlar sog‘lig‘ini himoya qilish tashkiloti (WOAH) hamda ochiq manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistonning G‘arbiy Bengalya shtatida Nipah virusi tarqalishi bilan bog‘liq murakkab epidemiologik vaziyat kuzatilmoqda.

    Boshqa yangiliklar