AsosiyJamiyat

Nurlan Saburovga Rossiyaga kirish 50 yilga taqiqlandi

Qozog‘istonlik mashhur standapchi Nurlan Saburovga Rossiya Federatsiyasiga 50 yil muddatga kirish taqiqlandi.

'Nurlan Saburovga Rossiyaga kirish 50 yilga taqiqlandi'ning rasmi

Manbaga ko‘ra, 6 fevral kuni Saburov Vnukovo aeroportiga kelganidan so‘ng unga Rossiyaga kirish taqiqlangani haqida rasmiy hujjat topshirilgan. Huquq-tartibot idoralari vakillari qiziqaning migratsiya va soliq qoidalarini buzganini ma’lum qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Saburov 2025 yil may oyida ham xuddi shu ayblovlar bilan Sheremetyevo aeroportida ushlangan. O‘shanda unga 5 ming rubl jarima solinib, mamlakatni ixtiyoriy tark etish uchun ikki hafta muddat berilgan.

Nurlan Saburov Rossiyadagi eng mashhur standap-komiklardan biri hisoblanadi. 2022 yil bahorida Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qoralamagani sababli AQSh va Isroilda uning kontsertlari bekor qilingan, 2025 yil oxiriga kelib esa Rossiyada ham chiqishlari taqiqlangan.

Xabarlarga ko‘ra, qiziqan Rossiyada umumiy qiymati 160 million rubldan ortiq ko‘chmas mulkka egalik qiladi. Shuningdek, u daromadlarini vositachilar orqali yashirishga urinishi, sanksiyalardan cho‘chib esa Rossiya fuqaroligini olishdan bosh tortgani aytilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish tartibi takomillashtiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:37

    Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish tartibi takomillashtiriladi

    Suv resurslaridan foydalanish samaradorligi oshiriladi.

    '2026 йилда Рамазон ойи 19 февралда бошланади'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:47

    2026 йилда Рамазон ойи 19 февралда бошланади

    Turkiy davlatlar tashkiloti Fatvo hay’ati qaroriga ko‘ra, 2026 yilda muqaddas Ramazon oyining birinchi kuni 19 fevral, payshanbaga to‘g‘ri keladi. Ramazon hayiti esa 20 mart, juma kuni nishonlanishi kutilmog‘da.

    'Otabek Umarov nomidan feyk xabarlar tarqatilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:55

    Otabek Umarov nomidan feyk xabarlar tarqatilmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov nomidan sportchilar va sport hamjamiyati vakillariga soxta xabarlar yuborilayotgani maʼlum qilindi.

    'ИИВ 50 йилдан ошган “антиквар” автомобиллардан фойдаланиш қоидаларига аниқлик киритди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:12

    ИИВ 50 йилдан ошган “антиквар” автомобиллардан фойдаланиш қоидаларига аниқлик киритди

    Ichki ishlar vazirligi 50 yildan oshgan, antikvar deb topilgan avtomobillardan foydalanish tartibiga izoh berdi.

    'Toshkentda yong‘in xavfsizligi buzilgan binolar vaqtincha yopildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:06

    Toshkentda yong‘in xavfsizligi buzilgan binolar vaqtincha yopildi

    5 fevral kuni poytaxtdagı odamlar ko‘p yig‘iladigan maskanlarda yong‘in xavfsizligi tekshiruvlari o‘tkazildi.