AsosiyJinoyat

Surxondaryoda ekologiya idorasi mansabdorisi pora bilan ushlangan

Surxondaryo viloyatida daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq holat bo‘yicha dalolatnomani o‘zgartirib berish evaziga pora talab qilgan mansabdor shaxs qo‘lga olindi.

'Surxondaryoda ekologiya idorasi mansabdorisi pora bilan ushlangan'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining tumanlardan biridagi bo‘limi boshlig‘i mahalliy MChJ hududida daraxtlarni noqonuniy kesish holati bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnomani o‘zgartirib berish evaziga 500 AQSh dollari miqdorida pora talab qilgan.

Ma’lum qilinishicha, u tabiatga etkazilgan zararni kamaytirib ko‘rsatish maqsadida dalolatnomani tahrirlab berishni va’da qilgan. Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs pul mablag‘ini tamagirlik yo‘li bilan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar