"The Jerusalem Post" xabariga ko'ra, Isroilning yuqori martabali harbiy amaldorlari amerikalik hamkasblariga Eronning ballistik raketa dasturi mamlakat mavjudligi uchun jiddiy tahdid solayotganini bildirgan. Shu munosabat bilan, zarurat tug'ilsa, Tel-Aviv mustaqil ravishda harakat qilish huquqini o'zida saqlab qolishini ta'kidlagan. Isroil tomoni AQShga Eron raketa dasturining samaradorligini pasaytirishga qaratilgan tezkor rejalarni ham taqdim etgan. Nashr manbalarining aytishicha, hozircha Eron "qizil chiziq"dan o'tmagan, biroq vaziyat doimiy ravishda kuzatib borilmogda.






