AsosiyJamiyat

Qozog‘iston ham Nipah virusi sabab chegaralarda nazoratni kuchaytirdi

Janubiy-Sharqiy Osiyoda epidemiologik vaziyat murakkablashgani fonida mamlakat barcha o‘tkazish punktlarida sanitariya nazoratini kuchaytirdi.

'Qozog‘iston ham Nipah virusi sabab chegaralarda nazoratni kuchaytirdi'ning rasmi

9 fevral kuni Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi Nipah virusi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan bayonot berib, davlat chegarasidagi barcha o‘tkazish punktlarida sanitariya-karantin nazorati kuchaytirilganini ma’lum qildi. Bu haqda vazirlikka tayanib, Nur.kz xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Nipah virusi bo‘yicha noqulay deb topilgan mamlakatlardan, jumladan Hindistondan kelayotgan fuqarolarga alohida e’tibor qaratilmog‘da. Bunday davlatlar ro‘yxati muntazam yangilanib boriladi. Xalqaro aeroportlarda esa jamoat salomatligi sohasidagi favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik bo‘yicha idoralararo o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmog‘da.

Shuningdek, tibbiyot muassasalarini yuqori tayyorgarlik rejimiga o‘tkazilgani, dori-darmonlar, shaxsiy himoya vositalari va dezinfeksiya vositalari zaxiralari shakllantirilgani bildirildi.

Avvalroq Hindistonning G‘arbiy Bengal shtatida Nipah virusi bilan kasallanishning besh holati aniqanganligi, ulardan uchtasi o‘tgan hafta qayd etilgani haqida xabar berilgan edi. Kasallanganlar orasida tibbiyot xodimlari ham bor.

O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda Nipah virusi bilan bog‘liq holatlar aniqdanmagan, epidemiologik vaziyat barqaror. Shu bilan birga, virus tarqalishi xavfi sabab Hindistondan hayvonlar va qushlarni olib kirish vaqtincha taqiqlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Olmaliqda maktabda yig‘ilishdan so‘ng 10-sinf o‘quvchisi vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:11

    Olmaliqda maktabda yig‘ilishdan so‘ng 10-sinf o‘quvchisi vafot etdi

    Toshkent viloyatidagi maktabda tarbiyaviy yig‘ilishdan so‘ng o‘quvchi hayotdan ko‘z yumdi.

    'Kambag'allik darajasi 2,8 foizgacha tushiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:19

    Kambag'allik darajasi 2,8 foizgacha tushiriladi

    2026 yili Oʻzbekistonda qashshoqlik va ishsizlik darajasini yanada qisqartirish rejalashtirilmoqda.

    'Россияда мигрантларни ишдан бўшатиш тартиби янгиланади'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:45

    Россияда мигрантларни ишдан бўшатиш тартиби янгиланади

    1 martdan boshlab Rossiyada hududiy cheklovlar joriy etilgan taqdirda, ish beruvchilarga xorijiy fuqarolar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish huquqi berilishi rejalashtirilmoqda.

    'Toshkentdagi kompyuter klubida janjal: 2 o‘quvchi pichoqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 09.02.2026 14:59

    Toshkentdagi kompyuter klubida janjal: 2 o‘quvchi pichoqlandi

    Olmazor tumanida 19 yoshli yigit klubda salom bermagani sababli ikki nafar voyaga yetmagan o‘quvchini pichoqladi. Hozir tergov harakatlari olib borilmoqda.

    '“Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans poydevori” ekspozitsiyasi Barsa mukofotiga sazovor bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 09.02.2026 14:52

    “Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans poydevori” ekspozitsiyasi Barsa mukofotiga sazovor bo‘ldi

    Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Yangi Oʻzbekiston — Yangi Renessans poydevori” multimediaviy ekspozitsiyasini amalga oshirgani uchun xalqaro texnologik kompaniya Barsco tomonidan nufuzli sohaviy mukofot bilan taqdirlandi.

    'Qishloq xo‘jaligida yangi yerlarni o‘zlashtirish va ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi'ning rasmi

    Jamiyat 09.02.2026 14:28

    Qishloq xo‘jaligida yangi yerlarni o‘zlashtirish va ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 fevral kuni qishloq xo‘jaligida yangi yerlarni o‘zlashtirish, sohada ilm-fanni rivojlantirish hamda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.