AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Qirg'iziston prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi.

Томонлар стратегик шерикликни мустаҳкамлаш ва йирик лойиҳаларни амалга ошириш масалаларини муҳокама қилди.

'Shavkat Mirziyoyev Qirg'iziston prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi.'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 fevral kuni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sodiq Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Prezidentlar tovar ayirboshlash sur’ati barqaror ekani, sanoat kooperatsiyasi loyihalari izchil amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Shuningdek, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li hamda Qambarota gidroelektr stansiyasi qurilishi kabi yirik infratuzilma loyihalari bo‘yicha birgalikdagi ishlar davom etayotgani ta’kidlandi.

Muloqot davomida mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashilib, yaqin istiqboldagi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:29

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:45

    'Oʻzbekiston Korruptsiyani qabul qilish indeksida 124-oʻrinni egalladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:28

    Oʻzbekiston Korruptsiyani qabul qilish indeksida 124-oʻrinni egalladi

    “Transparency International”ning 2025 yilgi reytingida Oʻzbekiston oʻtgan yilga nisbatan uch pogʻona pastladi.

    'Metan zapravkalari odatdagi ish rejimiga qachon qaytishi ma'lum bo'ldi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:21

    Metan zapravkalari odatdagi ish rejimiga qachon qaytishi ma'lum bo'ldi.

    Energetika vazirligi respublika boʻylab metan zapravkalar faoliyatiga joriy etilgan cheklovlar bosqichma-bosqich bekor qilinishini maʼlum qildi.

    'Dollar kursi pasaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:30

    Dollar kursi pasaydi

    Markaziy bank yangi valyuta kurslarini e'lon qildi.

    'Ramazon Qodirov o‘g‘li avtohalokatga uchragani haqidagi xabarni rad etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:16

    Ramazon Qodirov o‘g‘li avtohalokatga uchragani haqidagi xabarni rad etdi

    Checheniston rahbari Ramzon Qodirov oʻgʻli Adam Qodirov yoʻl-transport hodisasiga uchragani haqidagi maʼlumot "soxta tashviqot" ekanini bildirdi.