AsosiyJamiyat

Andijon, Toshkent va boshqa hududlarda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Bir necha hududda giyohvandlik va kuchli ta'sir qiluvchi moddalar savdosi bilan bog'liq holatlar fosh etildi.

'Andijon, Toshkent va boshqa hududlarda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi'ning rasmi

Andijon viloyatida o‘tkazilgan tadbirda Xo‘jaobod tumani hududida to‘xtatilgan “BYD” rusumli avtomobil salonidan 5 kg 946 gr “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositas aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, muqaddam sudlangan shaxs ushbu moddani narkokurerlar tomonidan “zakladka” tarzida qoldirilgan joydan olib, Toshkent shahriga yetkazib berishni rejalashtirgan.

Poytaxtda o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda xorijdan kuryerlik jo‘natmasi orqali qandolat mahsulotlari orasiga yashirilgan 350 gr “Klefedron” moddasini qabul qilib olgan shaxs uslandi. Davom etgan tadbirda uning sherigi ham qo‘lga olinib, yashash xonasida tashkil etilgan narkolaboratoriyadan 5,3 kg atrofida sintetik giyohvand moddalar, gashish va marixuana moylariga o‘xshash moddalar, shuningdek laboratoriya jihozlari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Namanganda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Qirg‘iziston Respublikasidan noqonuniy olib o‘tilgan 1 kg 23 gr “geroin”ni 18,5 ming dollarga sotish vaqtida shaxs qo‘lga olindi.

Sirdaryo viloyatida to‘xtatilgan “Cobalt” avtomobilidan esa 2516 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aniqlandi. Ularning Qo‘qon shahrida “zakladka” tarzida qoldirilgan joydan olingani ma’lum qilindi.

Barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmogda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"Qamchiq" va Chimyon tog'larida qor ko'chkilari kuzatildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:45

    "Qamchiq" va Chimyon tog'larida qor ko'chkilari kuzatildi

    12 fevral kuni kechki soatlarda Namangan viloyati hamda Toshkent viloyatining togʻli hududlarida qor koʻchkilari sodir boʻldi.

    'Umraniyada yana bir o‘zbekistonlik ayol bo‘laklangan holda o‘ldirilgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:02

    Umraniyada yana bir o‘zbekistonlik ayol bo‘laklangan holda o‘ldirilgani aytilmoqda

    Durdonа Hakimova ishi doirasida ikkinchi qurbon — 32 yoshli Sayyora Ergashaliyeva aniqlandi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:36

    'Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:31

    Bugun qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

    “O‘zgidromet” 13 fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

    'Istanbuldagi qotillikdan keyin yana bir o‘zbekistonlik ayol bedarak yo‘qoldi'ning rasmi

    Jamiyat 12.02.2026 16:17

    Istanbuldagi qotillikdan keyin yana bir o‘zbekistonlik ayol bedarak yo‘qoldi

    Марҳума Дурдона Ҳакимова билан бир уйда яшаган 32 ёшли аёл қотиллик содир бўлган кундан буён топилмаяпти.

    'Zangiota va Andijonda dala hovlida tashkil etilgan narkolaboratoriya fosh qilindi.'ning rasmi

    Jamiyat 12.02.2026 14:48

    Zangiota va Andijonda dala hovlida tashkil etilgan narkolaboratoriya fosh qilindi.

    Tezkor tadbirlar davomida 26 kg “mefedron” hamda qariyb 1,5 tonna prekursor va kimyoaviy moddalar musodara qilindi.