Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 13 fevral kuni Myunxendagi xavfsizlik konferensiyasida qatnashish uchun Germaniyaga etib bordi.
Uchrashuvlarda u hamkor davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi, Ukraina va Yevropa xavfsizligi masalalari hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinishi kutilmogda.
Shuningdek, konferensiya kun tartibida Ukraina–Germaniya qo‘shma uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarish korxonasini kengaytirish masalasi ham bor.






