AsosiyJamiyat

Oʻzdirishi aytilgan doridan sibutramin aniqlandi

Aholi salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan yirik partiyadagi dori vositalari fosh etildi.

'Oʻzdirishi aytilgan doridan sibutramin aniqlandi'ning rasmi

Qayd etilishicha, fuqaro O.L.S. tomonidan ixtiyoriy ravishda taqdim etilgan “30 SLIMMING” va “MAX SLIM” nomli jami 13 ming 470 dona mahsulot Bojxona qo‘mitasining Markaziy bojxona laboratoriyasiga ekspertiza uchun yuborildi. Xulosaga ko‘ra, ushbu vositalar tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda — sibutramin mavjudligi aniqlandi.

Ma’lumki, sibutramin ayrim davlatlarda taqiqlangan modda hisoblanadi. Uni nazoratsiz qabul qilish yuraq-qon tomir tizimi faoliyati buzilishi, qon bosimi oshishi, insult va infarkt xavfining ortishi kabi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, “ozdiruvchi vosita” sifatida yashirin tarzda sotilishi aholini, xususan ayollarni chalg‘itish orqali ularning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazish xavfini kuchaytiradi.

Tezkor tadbir davomida jinoyat zanjirini to‘liq fosh etish maqsadida “tezkor eksperiment” o‘tkazilib, mahsulotlarning asosiy manbaiga chiqildi. Natijada O‘rikzor savdo majmuasidagi bir nechta do‘konda qo‘shimcha ravishda 15 ming 504 dona shubhali dori vositalari borligi aniqlandi.

Jami 28 ming 974 dona, taxminiy qiymati 500 million so‘mlik dori vositalari, shuningdek tarkibida sibutramin mavjud “ozdiruvchi ayollar qahvasi” daliliy ashyo sifatida olinib qo‘yildi va tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirildi.

Mazkur holat yana bir bor shuni ko‘rsatmoqdaki, noqonuniy aylanmadagi “mo‘jizaviy ozdiruvchi” mahsulotlar ortida inson salomatligiga jiddiy tahdid yotadi. Bojxona organlari tomonidan bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar izchil davom ettirilmokda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Buxoroda mashhurlik uchun odamni oyog‘idan osib qo‘yishdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:41

    Buxoroda mashhurlik uchun odamni oyog‘idan osib qo‘yishdi

    Peshku tumanidagi oshxonalarning birida Instagram uchun sahnalashtirilgan videoda fuqaro oyog‘idan osib qo‘yilgan, "qassob" ro‘lidagi shaxs esa uning atrofida pichoq charxlab turgani aks etgan.

    'Pensiya jamg'armasi pensionerlarni ogohlantirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:45

    Pensiya jamg'armasi pensionerlarni ogohlantirdi

    Firibgarlar o‘zlarini bank yoki Pensiya jamg‘armasi xodimi sifatida tanishtirmoqda.

    'Samarqandda ichki aʼzolariga qariyb 800 gramm opiy yashirgan er-xotin qoʻlga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:34

    Samarqandda ichki aʼzolariga qariyb 800 gramm opiy yashirgan er-xotin qoʻlga tushdi

    Skanner orqali o‘tkazilgan ko‘rikda ayolning ichki a’zolariga 3 dona o‘ram, erkakning ichki a’zolariga esa 4 dona o‘ram yashirilgani aniqlandi.

    'Andijonda tadbirkorni yollanma qotil orqali o‘ldirmoqchi bo‘lgan guruh ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:58

    Andijonda tadbirkorni yollanma qotil orqali o‘ldirmoqchi bo‘lgan guruh ushlandi

    Holat yuzasidan guruh aʼzolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 97-moddasi 2-qismi "p" bandi (Odam oʻldirishga tayyorgarlik koʻrish va uni sodir etishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:32

    'Туркияга фоҳишалик қилиш учун кетаётган 2 аёл аэропортда ушланди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:20

    Туркияга фоҳишалик қилиш учун кетаётган 2 аёл аэропортда ушланди

    Samarqand aeroportida ayollarni jinsiy ekspluatatsiya qilish uchun Turkiyaga olib ketishga urinish fosh etildi.