AsosiyJamiyat

Toshkentda xonadon yonib ketdi

Shayxontohur tumanidagi shaxsiy uylardan birida sodir boʻlgan yongʻin qisqa vaqt ichida oʻchirildi.

'Toshkentda xonadon yonib ketdi'ning rasmi

16 fevral kuni soat 20:51 da Toshkent shahri Shayxontohur tumani Beltepa ko‘chasida joylashgan shaxsiy xonadonda yong‘in yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.

Qutqaruv texnikalari voqea joyiga soat 20:54 da yetib borib, yong‘inni bartaraf etishga kirishgan. Yong‘in soat 21:29 da qurshab olinib, 21:38 da to‘liq o‘chirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Vaziyat mutasaddilar tomonidan nazoratga olingan.

    Boshqa yangiliklar