AsosiyJamiyat

Ramazon oyida nechta masjidda tarovih o‘qilishi ma’lum bo‘ldi

Jamoat tartibini saqlash maqsadida 20 mingga yaqin Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari va harbiy xizmatchilar jalb etiladi.

'Ramazon oyida nechta masjidda tarovih o‘qilishi ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti ma'lum qilishicha, ertaga — 18 fevraldan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab 2000 dan ortiq masjidda taroveh namozlari o‘qiladi. Namozlar soat 20:30 dan keyin boshlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, har kuni qariyb 1 millionga yaqin fuqaro ishtirok etishi kutilmog‘da.

Jamoat tartibini saqlash maqsadida 20 mingga yaqin Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari va harbiy xizmatchilar jalb etiladi. Masjidlar atrofi videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan bo‘lib, ular monitoring markaziga ulangan.

Shuningdek, yo‘llarda xavfsizlikni ta'minlash uchun 2500 ga yaqin Yo‘l-patrul xizmati xodimi xizmat olib boradi. Ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanib, maxsus to‘siqlar va alohida avtoturargohlar tashkil etiladi. Favqulodda holatlar uchun 200 dan ortiq maxsus texnika shay holatga keltiriladi.

Avvalroq O‘zbekistonda joriy yil Ramazon oyi 19 fevraldan boshlanishi ma'lum qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar