AsosiyJamiyat

2025 yilda bolalarga nisbatan 19 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova ma'lumotlariga ko'ra, hisobot yil davomida ombudsman nomiga 1 934 ta murojaat kelib tushgan.

'2025 yilda bolalarga nisbatan 19 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi'ning rasmi

O‘zbekistonda 2025-yil davomida bolalar huquqlari buzilishi bilan bog‘liq 19 ta jinoyat ishi va 26 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasidagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot yil davomida ombudsman nomiga 1 934 ta murojaat kelib tushgan. Shuningdek, 35 ta shaxsiy qabulda 141 nafar fuqaro bilan mulogot o‘tkazilib, 98 ta murojaat ko‘rib chiqilgan. Davlat organlari tomonidan bola huquqlari buzilishi yuzasidan 36 ta ta’sir hujjati (2 ta ogohlantirish, 6 ta taqdimnoma, 25 ta xulosa va 3 ta sud hujjati ustidan protest) kiritilgan.

Internet monitoringi orqali aniq holatlar bo‘yicha 23 ta jinoyat va 28 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. Shu bilan birga, 20 ta jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilgan qarorlar bekor qilinib, qo‘shimcha tekshiruvga yuborilgan.

Hisobot davrida 403 mln 745 ming so‘mlik aliment qarzdorligi undirishga yordam berilgan, 52 nafar yotim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaga ID-karta rasmiylashtirishda ko‘mak ko‘rsatilgan. Shuningdek, 20 nafar imkoniyati cheklangan bola tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, reabilitatsiya xizmatlari tashkil etilgan va xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 45 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgan.

    Boshqa yangiliklar