Rossiyaning Volgograd viloyati Ilovlinskiy tumanida o‘tkazilgan reyd davomida 34 nafar O‘zbekiston fuqarosi bir manzilda ro‘yxatdan o‘tib, amalda boshqa joyda yashagani aniqlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda migrantlarning "o‘rdak yurish" usulida harakatlantirilgani aks etgan. Bu holat inson sha’ni va qadr-qimmatiga munosabat yuzasidan bahs-munozaralarga sabab bo‘lmogda.
Mutaxassislar qonun talablari barcha uchun bir hil ekanini ta’kidlagan holda, nazorat tadbirlari inson huquqlarini kamsitmaydigan tarzda o‘tkazilishi zarurligini qayd etmogda.






