AsosiyJamiyat

Isroildagi o‘zbekistonliklar xavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirildi.

Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakaddagi vaziyat murakkabligi sabab fuqarolarni shaxsiy xavfsizlikka jiddiy eʼtibor qaratishga chaqirdi.

'Isroildagi o‘zbekistonliklar xavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirildi.'ning rasmi

Elchixonaga ko‘ra, mintaqadagi holat tez o‘zgarishi mumkin.

  Shu bois Isroil rasmiy idoralari va mahalliy hokimiyat organlari bergan ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilish, ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan joylarga bormaslik hamda odamlar gavjum hududlarda uzoq qolmaslik tavsiya etilgan.

Shuningdek, sayohat va harakatlanishni rejalashtirishda ehtiyotkor bo‘lish, ayrim hududlarga safarni vaqtincha kechiktirish, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni doimo olib yurish va yaqinlar bilan muntazam aloqada bo‘lish so‘ralgan.

    Boshqa yangiliklar