28 fevral kuni Isroil rasmiylari Eron hududiga nisbatan hujum amalga oshirilganini bildirdi. Mamlakat mudofaa vaziri butun Isroil bo‘ylab “umummilliy favqulodda holat” joriy etilganini e’lon qilgan.
Habarlar ortidan Tehrön markazida portlash sodir bo‘lgani va portlash joyidan qalin tutun ko‘tarilgani aytilmogda. BBC tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Eron davlat televideniyesi ham portlash bo‘lganini tasdiqlagan.
Eron OAVlari Tehrön markazida kamida uchta portlash ovozi eshitilganini yozmogda. Fars News Agency xabariga ko‘ra, poytaxtning “Respublika” hududiga bir nechta raketa kelib tushgani haqida ma’lumotlar bor.
Hozircha rasmiy idoralar qurbonlar yoki vayronagarchilik ko‘lami haqida aniq raqamlarni e’lon qilmagan.
Ayni paytda Isroilning turli hududlarida havo havf-sirenalari yangragan. Isroil harbiylari buni aholini ehtimoliy raketa zarbalariga tayyorlash uchun “proaktiv ogohlantirish” deb izohlagan.
Isroil mudofaa vaziri hujum “tahdidlarni bartaraf etish” maqsadida amalga oshirilganini aytgan, biroq nishonga olingan ob’ektlar haqida batafsil ma’lumot berilmagan.
Portlashlarning aniq sababi va qaysi ob’ektlar nishonga olinganligi bo‘yicha mustaqil tasdiqlangan to‘liq ma’lumot hali mavjud emas. Eron rasmiylarining keng qamrovli bayonoti keyinroq e’lon qilinishi kutilmogda.
Mutaxassislar fikricha, usbu voqea mintaqadagi xavfsizlik vaziyatini yanada keskinlashtirishi mumkin. Ayrim OAVlar hodisa AQSH–Eron yadro dasturi atrofidagi taranglik kuchaygan bir sharoidda sodir bo‘lganini qayd etmogda.






