AsosiyDunyo

"Ozodlik vaqti keldi" - Trump eronliklarga murojaat qildi

AQSh prezidenti Donald Trump Eron hududida Isroil bilan birgalikda harbiy amaliyot boshlanganini e'lon qilib, eronliklarni amaldagi tuzumni ag'darishga chaqirdi.

'"Ozodlik vaqti keldi" - Trump eronliklarga murojaat qildi'ning rasmi

Uning bayonotida: "Bu, ehtimol, bir necha avlodlar uchun yagona imkoniyatdir. Ozodligingiz vaqti yaqinlashmoqda", deyilgan.

Trump harbiy xizmatchilarga taslim bo‘lish va immunitet olish imkoniyati taklif etilganini yoki muqarrar o‘limni tanlashlari mumkinligini ta'kidladi.

Qo‘shma Shtatlar Qurolli kuchlari Eron hududiga dengiz va havodan zarbalar bermoqda, kamida yetti shaharda portlashlar kuzatilgan, jumladan Isfahondagi yadroviy obyekt ham nazarda tutilgan.

Hozircha Tehron rasmiylari munosabat bildirgani yo‘q.

    Boshqa yangiliklar