AsosiyJamiyat

Nukusning ayrim mahallalarida bog'cha puli 50 foizga arzonlashadi

1 apreldan “Qaratayu” va “Bestobe” MFY aholisi uchun davlat bog‘chalarida to‘lovlarga kamaytiruvchi koeffitsient qo‘llaniladi.

'Nukusning ayrim mahallalarida bog'cha puli 50 foizga arzonlashadi'ning rasmi

Adliya vazirligi ma'lum qilishicha, 2026 yil 1 apreldan boshlab Nukus shahri tarkibidagi "Qaratayu" va "Bestobe" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ota-ona to‘lovi 50 foizga kamaytiriladi.

Shuningdek, usbu hududda maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori savdo komplekslari va mehmonxonalar uchun 2027 yil 1 yanvardan 2040 yil 1 yanvargacha yer va mol-mulk solig‘i stavkalari 90 foizga kamaytiriladi.

Bundan tashqari, 2028 yil 1 yanvargacha Qoraqalpog‘istonda banklar balansidagi mol-mulk ob'ektlari bozor narxida 10 yilga foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotiladi. To‘lov 6 oy ichida to‘liq amalga oshirilsa, shartnoma qiyomatining 25 foizigacha chegirma berilishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar