AsosiyJamiyat

Qishloq xoʻjaligi vazirligi sovuqqdan asrash boʻyicha tavsiyalar berdi

O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayib, ayrim hududlarda qor yog‘ishi ortidan mutaxassislar dehqon va fermerlarga ekinlarni sovuqqan himoya qilish choralarini tavsiya qildi.

'Qishloq xoʻjaligi vazirligi sovuqqdan asrash boʻyicha tavsiyalar berdi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, sovuqning qishloq xo‘jaligi ekinlariga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida vazirlik hamda tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari tomonidan maxsus tavsiyalar ishlab chiqilib, dehqon va fermerlarga etkazilgan.

Qayd etilishicha, ayrim sabzavot ekinlari sovuqqa nisbatan chidamli hisoblanadi. Jumladan, piyoz, sarimsoq, shovul, rovach va yerqalampir kabi ekinlar –10°C dan –15°C gacha, qor qoplami ostida esa –20°C dan –25°C gacha bo‘lgan sovuqqa bardosh bera oladi. Biroq boshqa sabzavot ekinlari uchun qo‘shimcha agrotexnik choralar muhim ahamiyat kasb etadi.

Mutaxassislar sovuqdan keyin ekinlarni “stress” holatidan chiqarish uchun bir qator chorani tavsiya qilmoqda. Xususan, mikroelement va aminokislotalarga boy preparatlar bilan qo‘shimcha oziqlantirish, tez ta’sir qiluvchi azotli o‘g‘itlardan foydalanish, ekinlarni shaffof plyonka bilan yopib issiqlikni saqlash hamda tuproq namligini muntazam sug‘orish orqali saqlab turish tavsiya etilgan.

Vazirlik barcha agrotexnik tadbirlar qisqa muddatda va intensiv tarzda amalga oshirilishi lozimligini ta’kidlagan. Bu nafaqat ekinlarni sovuqdan himoya qilish, balki hosildorlikni saqlab qolishda ham muhim omil hisoblanadi.

Avvalroq O‘zgidromet 9–12 mart kunlari sovuq va nam havo massalari kirib kelishi haqida ogohlantirgandi. Prognozlarga ko‘ra, respublikaning shimoliy hududlarida kechalari havo harorati –7…–10 darajagacha, kunduzlari esa 0…–3 darajagacha tushishi mumkin. Boshqa hududlarda esa 11–12 mart kunlari kechalari 0…–3 darajagacha sovuq, kunduzlari esa 2–5 daraja iliq bo‘lishi kutilmogda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Трампнинг маслаҳатчилари уни Эронга қарши урушдан чиқиш йўлини топишга ундамоқда'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:28

    Трампнинг маслаҳатчилари уни Эронга қарши урушдан чиқиш йўлини топишга ундамоқда

    Maslahatchilar neft narxlarining oshishi va uzoq davom etadigan mojaro siyosiy norozilikka sabab bo‘lishi mumkinligidan havotirda.

    'Indoneziyada chiqindixona qulab tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:25

    Indoneziyada chiqindixona qulab tushdi

    Hodisa ortidan 7 kishi halok bo‘ldi.

    'Sirdaryo va Surxondaryoda 77 kg narkotik musodara qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:00

    Sirdaryo va Surxondaryoda 77 kg narkotik musodara qilindi

    Qo'shni davlatdan kontrabanda yo'li bilan olib kiritilgan giyohvand moddalar tezkor tadbirlar davomida aniqlandi.

    'Buxoroda qalbaki dori-darmonlar savdosi fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat 09.03.2026 13:23

    Buxoroda qalbaki dori-darmonlar savdosi fosh etildi

    Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Buxoro viloyatida sifatı kafolatlanmagan dori vositalarini tayyorlab, sotib kelgan shaxslar faoliyatiga chek qo‘ydi.

    '"Eron ustida kislotali bulutlar paydo bo‘ldi" degan xabarlar asossiz — mutaxassislar'ning rasmi

    Jamiyat 09.03.2026 09:08

    "Eron ustida kislotali bulutlar paydo bo‘ldi" degan xabarlar asossiz — mutaxassislar

    Ijtimoiy tarmoqlarda Eron hududida go‘yoki "kisotali bulutlar" shakllanib, ular yog‘inlar bilan Markaziy Osiyoga yetib kelishi mumkinligi haqida tarqalayotgan xabarlar ilmiy jihatdan tasdiqlanmagan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 09.03.2026 07:26