AsosiyJamiyat

Sirdaryoda kadastr xodimi pora bilan ushlandi

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida kadastr bo‘limi bosh inspektori pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

'Sirdaryoda kadastr xodimi pora bilan ushlandi'ning rasmi

Fuqaroga kadastr hujjatlarini tezlashtirib berish evaziga pul talab qilgan.

Ma'lum qilinishicha, Kadastr agentligining Mirzaobod tumani bo‘limi bosh inspektori 1975 yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, tanish mansabdor shaxslar orqali uning yashash xonadoni uchun kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish va hujjatlarni muddatidan oldin tayyorlab berish evaziga 1500 AQSh dollari so‘ragan.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 1000 AQSh dollari va 6 mln 50 ming so‘m olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "v" bandi hamda 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmogda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Farg‘onada yashirin hujra tashkil qilgan shaxs qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:34

    Farg‘onada yashirin hujra tashkil qilgan shaxs qo‘lga olindi

    Bu haqda Farg'ona viloyati IIB Matbuot xizmati xabar qildi.

    'Mirziyoyev kimyo sanoatida 9,5 mlrd dollarlik loyihalarni jadallashtirishni topshirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:32

    Mirziyoyev kimyo sanoatida 9,5 mlrd dollarlik loyihalarni jadallashtirishni topshirdi

    Shavkat Mirziyoyev 11 mart kuni kimyo sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

    'Bloger Sirojiddin Odilov firibgarlikda gumonlanib qamoqqa olindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:59

    Bloger Sirojiddin Odilov firibgarlikda gumonlanib qamoqqa olindi.

    Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, blogger Sirojiddin Odilov firibgarlik va pora berish bilan bog‘liq holda gumonlanib qamoqqa olindi.

    '72 nafar Oʻzbekiston fuqarosi AQShdan deportatsiya qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:49

    72 nafar Oʻzbekiston fuqarosi AQShdan deportatsiya qilindi

    Bu haqda AQShning O'zbekistondagi elchixonasi ma'lum qildi.

    'Quvaytdagi 42 nafar vatandoshimiz O‘zbekistonga tranzit yo‘llar orqali qaytarilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:06

    Quvaytdagi 42 nafar vatandoshimiz O‘zbekistonga tranzit yo‘llar orqali qaytarilmoqda

    42 nafar yurtdoshamizga O‘zbekiston Migratsiya agentligi tomonidan qaytish aviabiletlari xarid qilindi va ular 11-mart kuni Jidda-Toshkent reysi orqali Vatanimizga etib keladi.

    'Toshkentda “Gelik”ni 200 km/soat tezlikda boshqargan haydovchi ushlandi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:49

    Toshkentda “Gelik”ni 200 km/soat tezlikda boshqargan haydovchi ushlandi.

    Haydovchiga nisbatan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks moddalari bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtincha jarima maydonchasiga olindi.