Bekobod shahrida 5 mart kuni bir nechta voyaga yetmagan shaxslar o‘rtasida og‘zaki janjal kelib chiqqan. Mojaro davomida ulardan biri oshxona pichoqi bilan jabrlanuvchining o‘ng va chap ko‘krak qismiga jarohat etkazgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Darakchi.uz'ga ma'lum qildi.
Jabrlanuvchi tibbiyot muassasasiga olib borilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Pichoq bilan jarohat etkazishda gumonlanayotgan voyaga yetmagan shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmokda.






