AsosiyJamiyat

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi

Qora dengiz ustida Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti halokatga uchrashi oqibatida ko`plab insonlar halok bo`lgani munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik izhor etdi.

Rossiya Federasiyasi Prezidenti 

Vladimir Putin Janobi oliylariga 

Muhtaram Vladimir Vladimirovich! 

Qora dengiz ustida Tu-154 samolyoti halokatga uchrashi oqibatida ko`plab insonlar halok bo`lgani haqidagi xabarni og`ir qayg`u bilan qabul qildim. 

Mening chuqur ta`ziyamni qabul qilishingizni va halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardligimni etkazishingizni so`rayman. 

 

Shavkat Mirziyoev,

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Boshqa yangiliklar