Bugun, 12 mart kuni Toshkent shahrida Temur Malik va Buyuk Ipak yo‘li ko‘chalari kesishmasi yaqinidagi yangi tunnel yo‘lida tirgak devorning bir qismi qisman qulab tushdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ma’lum qildi.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmagan. Voqea joyiga zudlik bilan avariya xizmatlari, texnik mutaxassislar va mas’ul tashkilotlar vakillari yetib kelgan. Hozirda hudud o‘rab olingan va xavfsizlik chorlari kuchaytirilgan.
Mutasaddilarga ko‘ra, ayni paytda hodisa yuzasidan kompleks texnik tekshiruv o‘tkazilmoqda. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik, tuproqning haddan tashqari namlanishi va konstruksiyaga tushayotgan yuklama ortishi kabi omillar hodisaga sabab bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, loyiha yechimlari, qurilish-montaj ishlari sifatidrainaj tizimi holati hamda qurilish nazorati bilan bog‘liq barcha jihatlar ham tekshirilmoqda. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra tiklash ishlari bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun, mazkur yo‘l o‘tkazgich 2024 yil avgust oyida foydalanishga topshirilgan edi. O‘shanda mas’ullar ushbu tunnel turidagi yo‘l o‘tkazgichning xizmat muddati 100–120 yil bo‘lishini ta’kidlagan.






