AsosiyJamiyat

Endi uy-joy va avtomobil xaridi faqat naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi

Bu haqda Prezident farmonida so‘z boradi.

'Endi uy-joy va avtomobil xaridi faqat naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi'ning rasmi

O‘zbekistonda 2026 yil 1 apreldan boshlan ayrim to‘lovlar faqat naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi. Ya’ni endi bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali hisob-kitob qilish tartibi joriy etiladi.

Bu haqda prezidentning 10 dekabrda qabul qilingan "Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonida belgilangan.

Farmoniga muvofiq, quyidagi to‘lovlar naqd pulsiz shaklga o‘tkaziladi:

— davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlar;

— elektir energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvidan foydalanganlik uchun hisob-kitoblar;

— alkogol va tamaki mahsulotlari uchun to‘lovlar;

— AYOQSHlar orqali neft-gaz mahsulotlarini sotib olish, shuningdek, elektromobillarni quvvatlash xizmatlari;

— qiymati 25 million so‘mdan yuqori bo‘lgan tovar va xizmatlar;

— ko‘chmas mulk ob’ektlari, shuningdek, ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan M, N, O va G toifasiga kiruvchi transport vositalari hamda maxsus avtotransportlarni sotish va sotib olish bilan bog‘liq bitimlar.

Hujjatga ko‘ra, 2030 yilgacha mamlakatda ikki muhim maqsadga erishish rejalashtirilgan. Ulardan biri — yalpi ichki mahsulotga nisbatan kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushini 1,3 baravariga qisqartirish. Ikkinchisi esa savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida aholi tomonidan amalga oshiriladigan naqd pulsiz to‘lovlar ulushini 75 foizga yetkazishdan iborat.

    Boshqa yangiliklar