AsosiyJamiyat

40 yoshdan keyin qancha ayol ona bo‘ldi?

2025 yilda Oʻzbekistonda jami 879,6 mingga yaqin tirik tugʻilish qayd etildi.

'40 yoshdan keyin qancha ayol ona bo‘ldi?'ning rasmi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil davomida mamlakatda 879 599 ta tirik tug‘ilish holati qayd etilgan.

Yosh guruhlari kesimida tug‘ilishlar tahli qilinganda, 25 yoshgacha bo‘lgan ayollar hissasi 355 111 nafarni (40,4 foiz), 25–39 yoshdagilar esa 512 034 nafarni (58,2 foiz) tashkil etgan.

Shu bilan birga, 40 yosh va undan katta yoshda farzandli bo‘lgan ayollar soni ham mavjud bo‘lib, ushbu toifadagi tug‘ilishlar 12 454 ta holatni tashkil etgan.

    Boshqa yangiliklar