Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berishicha, Qarshi shahrida yashovchi 26 yoshli R.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilash va foydalanish) bilan qidiruv e'lon qilingan.
Qidiruvdagi erkak yashirinish uchun tashqi ko'rinishini o'zgartirib, ayollar kiyimini kiygan. U patrul-post xodimlarida shubha uyg'otib, tekshiruv jarayonida shaxsi aniqlandi va qidiruvda ekani ma'lum bo'ldi. Hozirda R.J. vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Andijon viloyatida yuzini burqa bilan to'sib yurgan erkak ham qo'lga olingan va javobgarlikka tortilibdi.






