Benyamin Netanyaxu Quddusda joylashgan Hadassa Eyn Kerem tibbiy markazi shifoxonasiga yotqizildi.
“Times of Israel” nashri Isroil bosh vaziri devoniga tayanib xabar berishicha, Netanyaxu 25 may kuni kechqurun Quddusdagi tibbiy markazga olib kelingan. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, hozirda u shifokorlar nazorati ostida bo'lib, unga stomatologik tibbiy muolaja o'tkazilmoqda. Rasmiy bayonotda uning holati barqaror ekani va zarur tibbiy yordam ko'rsatilayotgani aytilgan.
Shu bilan birga, so'nggi yillarda uning sog'lig'i jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari tomonidan muntazam kuzatib kelinmoqda. Avvalroq Netanyaxu prostata bezida aniqlangan xavfli o'sma sababli jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan, shuningdek, unga yurak stimulyatori o'rnatilgani ham ma'lum qilingan.
Hozircha uning shifoxonada qancha vaqt qolishi haqida rasmiy ma'lumot berilmagan.






