Prezidentning “Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida Surxondaryo viloyatida xayriya va ko‘mak tadbirlari davom etmoqda. Viloyat onkologiya dispanserida davolanayotgan 15 yoshli Munisa Shodiqulova ham ana shunday yordamga muhtoj bemorlardan biri edi. Unga osteosarkoma — suyak saratoni tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, bir necha oydan buyon shifokorlar nazoratida davolanmoqda. Moddiy imkoniyat cheklangani sababli zarur jarrohlik amaliyoti orqaga surilgan edi. Qurbon hayiti arafasida esa Munisa uchun bepul operatsiya o‘tkazilishi belgilandi. Qayd etilishicha, bu xabar yosh qiz va uning yaqinlariga yana hayotga bo‘lgan ishonchni qaytarga Ma'lumot uchun, Surxondaryo viloyatida Qurbon hayiti munosabati bilan hozirga qadar 700 nafarga yaqin og‘ir ahvolvdagi bemorlar va bolalarning operatsiyalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.






