AsosiyJamiyat

Senegal chempionlikdan mahrum etilgan qaror ustidan CAS'ga shikoyat qildi

Afrika kubogida chempionlikdan mahrum etilgan Senegal futbol federatsiyasi qarorni adolatsiz deb baholab, xalqaro sudga murojaat qildi.

'Senegal chempionlikdan mahrum etilgan qaror ustidan CAS'ga shikoyat qildi'ning rasmi

Senegal futbol federatsiyasi milliy jamoani Afrika kubogi g‘olibligidan mahrum qilish haqidagi qaror ustidan Xalqaro sport arbitraj sudi (CAS)ga shikoyat kiritishini ma’lum qildi.

Federatsiya bayonotida Afrika futbol konfederatsiyasi apellyatsiya qo‘mitasi qarori “adolatsiz va qabul qilib bo‘lmaydigan” deb baholangan. Shuningdek, bu holat Afrika futboli nufuziga putur yetkazishi ta’kidlangan.

Avvalroq CAF qaroriga ko‘ra, finalda Marokashga qarshi o‘yinda Senegal mag‘lub deb topilib, chempionlik Marokashga berilgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, final bahsida senegallik futbolchilar hakam tomonidan belgilangan penaltidan norozi bo‘lib, o‘yin tugamasdan maydonni tark etgan. Bu esa musobaqa reglamentiga zid holat sifatida baholangan.

Shu sababli Senegal chempionlikdan mahrum qilinib, kubok Marokash terma jamoasiga topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar