Ma'lum qilinishicha, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi ayrim joylarda kuchayib, chang-to'zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kunduzi 30-35 daraja, 30 may kuni esa 38 darajagacha ko'tariladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog'ingarchilik kutilmayapti. 30-31 may kunlari shamol tezligi kuchayishi, ayrim hududlarda chang-to'zonlar yuzaga kelishi mumkin. Havo harorati ayrim kunlari 38 darajagacha isiydi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida asosan quruq ob-havo saqlanadi. Faqat 28 may kuni Toshkent viloyatida va 1 iyun kuni ayrim joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Kunduzi harorat 37 darajagacha etadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida haftaning asosiy qismida yog'ingarchilik kutilmaydi. 3 iyun kuni ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg'ir va momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Harorat 30-31 may kunlari 40 darajagacha ko'tarilishi prognoz qilingan.
Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida 28 may hamda 1-3 iyun kunlari ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg'ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Qolgan kunlari havo asosan quruq bo'ladi. Harorat kunduzi 37 darajagacha isiydi.
Respublikaning tog' oldi va tog'li hududlarida 28 may hamda 1-4 iyun kunlari qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Ayrim joylarda shamol tezligi kuchayishi ehtimoli bor. Harorat kunduzi 15-30 daraja oralig'ida bo'ladi.






