AsosiyJAMIYAT

Қурбон ҳайити муносабати билан юзлаб беморларга юқори технологик операциялар ўтказилди

2026 yil 27 may soat 09:00 holatiga ko‘ra, 194 nafar bemor bola tibbiyot muassasalariga yotqizilgan bo‘lib, ularning 40 nafarida yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

'Қурбон ҳайити муносабати билан юзлаб беморларга юқори технологик операциялар ўтказилди'ning rasmi

Prezident qarori asosida Qurbon hayiti munosabati bilan aholini qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlari doirasida yuzlab bemorlar davolanishga jalb qilindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 2026 yil 27 may soat 09:00 holatiga ko‘ra, 194 nafar bemor bola tibbiyot muassasalariga yotqizilgan bo‘lib, ularning 40 nafarida yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Shuningdek, onkologik, gematologik va onkogematologik tashxis qo‘yilgan 112 nafar bemor shifoxonalarga joylashtirilib, ularning 5 nafarida murakkab jarrohlik operatsiyasi bajarilgan. Bundan tashqari, 14 nafar fuqaro tibbiyot muassasalariga yotqizilib, ularning ikki nafarida jigar va buyrak transplantatsiyasi amalga oshirilgan.

    Boshqa yangiliklar