AsosiyJAMIYAT

Pensiya uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilayotgani haqidagi xabarlar yolg‘on ekani aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda pensiya uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilayotgani haqida tarqalayotgan xabarlar feyk ekani ma’lum qilindi.

'Pensiya uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilayotgani haqidagi xabarlar yolg‘on ekani aytildi'ning rasmi

Ogohlantirilishicha, bunday xabarlar orqali fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari, bank karta ma’lumotlari va akkauntlariga kirish huquqi o‘g‘irlanishi mumkin.

Mutaxassislar fuqarolarni faqat rasmiy manbalarga ishonishga chaqirmoqda. Shuningdek, shubhali havolalarga o‘tmaslik, noma’lum saytlarga shaxsiy yoki bank ma’lumotlarini kiritmaslik tavsiya etilgan.

Bundan tashqari, “shoshilinch to‘lov”, “vaqt cheklovi” kabi hissiy bosim orqali ishontirishga qaratilgan xabarlarga aldanmaslik so‘ralgan.

    Boshqa yangiliklar