AsosiyJamiyat

Bayram kuni O'zbekistonda ob-havo qanday bo'ladi?

“O‘zgidromet” prognozlarni e’lon qildi.

'Bayram kuni O'zbekistonda ob-havo qanday bo'ladi?'ning rasmi

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-23° iliq, ba’zi joylarda 25° iliqqacha bo‘ladi.

Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-23° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-13° iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar