AsosiyDunyo

Frantsiya XVII–XVIII asrlarga oid “Qora kodeks”ni rasman bekor qildi

Qaror deputatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi va mamlakatning mustamlakachilik davridan qolgan huquqiy merosini bartaraf etish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholandi.

'Frantsiya XVII–XVIII asrlarga oid “Qora kodeks”ni rasman bekor qildi'ning rasmi

Kecha, 28 may kuni Fransiya Milliy assambleyasi XVII–XVIII asrlarga oid “Qora kodeks”ni rasman bekor qildi. Qaror deputatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi va mamlakatning mustamlakachilik davridan qolgan huquqiy merosini bartaraf etish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholandi.

“Qora kodeks” Lyudovik XIV davrida ishlab chiqilgan bo‘lib, Fransiya koloniyalarida qullik tizimini tartibga soluvchi hujjatlar majmuasi hisoblangan. Unda qullar “inson emas, balki mulk” sifatida baholangan va ularni sotish, sotib olish hamda meros qilib qoldirish mumkin bo‘lgan.

Garchand Fransiyada qullik 1848 yilda rasman bekor qilingan bo‘lsa-da, mazkur kodeks matni huquqiy arxivlarda saqlanib qolgan va rasmiy jihatdan amalda hisoblanib kelgan.

Yangi qonun loyihasi Gvadelupa deputati Maks Matiaza tomonidan ilgari surildi. Tashabbus parlamentdagi deyarli barcha siyosiy kuchlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Faqat “Milliy birlashuv” partiyasi ovoz berish jarayonida ishtirok etmagan.

Muhokamalar davomida deputatlar ushbu qarorni respublika qadriyatlariga zid bo‘lgan tarixiy izlarni yo‘qotish va tenglik tamoyillarini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholagan.

Shuningdek, Fransiyaning dengiz orti hududlari vakillari metropoliya hamda chekka hududlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlar hanuz saqlanib qolayotganini ta’kidladi. Ular to‘g‘ridan to‘g‘ri kompensatsiya emas, balki ta’lim, infratuzilma va ijtimoiy dasturlarga sarmoyalarni ko‘paytirishni so‘ragan.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron esa bu masalani “e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi” deb atagan. Biroq u to‘liq kompensatsiya g‘oyasiga ehtiyotkorona yondashgan.

“Bu tarixiy jinoyatni to‘liq qoplab bo‘lmaydi”, — degan Makron.

“Qora kodeks”ning bekor qilinishi asosan ramziy va tarixiy ahamiyatga ega qaror sifatida baholanmoqda. U Fransiyaning mustamlakachilik o‘tmishi bilan bog‘liq huquqiy qoldiqlarni tugatish va respublikada tenglik tamoyillarini yana bir bor tasdiqlashga qaratilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'JSST rahbari Kongodagi Ebola virusini to‘xtatish mumkinligini aytdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:17

    JSST rahbari Kongodagi Ebola virusini to‘xtatish mumkinligini aytdi

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus Kongo Demokratik Respublikasida tarqalayotgan Ebola virusini nazoratga olish mumkinligini bildirdi.

    'AQSH va Eron 60 kunlik sulh bo‘yicha kelishuvga yaqinlashdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:28

    AQSH va Eron 60 kunlik sulh bo‘yicha kelishuvga yaqinlashdi

    Yakuniy qaror AQSh prezidenti Donald Trump tomonidan hali tasdiqlanmagan.

    'Ebola sabab Kanadaga kirish taqiqlanmoqda'ning rasmi

    Dunyo 28.05.2026 12:25

    Ebola sabab Kanadaga kirish taqiqlanmoqda

    So'nggi uch haftada Ebola xavfi yuqori davlatlarda bo'lgan shaxslar 21 kun karantinda bo'lishi kerak.

    'Shveytsariya endi dunyoning eng qimmat mamlakati emas'ning rasmi

    Dunyo 28.05.2026 11:38

    Shveytsariya endi dunyoning eng qimmat mamlakati emas

    Islandiya yashash qiymati bo‘yicha dunyodagi eng qimmat mamlakatga aylandi. Bu haqda “Iceland Monitor” nashri xabar berdi.

    'Isroil G‘azoda “Hamas” harbiy qanotining yangi rahbarini yo‘q qilganini bildirdi'ning rasmi

    Dunyo 28.05.2026 02:59

    Isroil G‘azoda “Hamas” harbiy qanotining yangi rahbarini yo‘q qilganini bildirdi

    Isroil armiyasi G‘azo sektori shimoliga uyushtirilgan havo hujumi natijasida “Hamas”ning harbiy qanotiga yaqinda rahbar etib tayinlangan Muhammad Odeh o‘ldirilganini ma’lum qildi.

    'O‘zbekiston asosan qaysi davlatlarga mahsulot eksport qilayotgani ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 27.05.2026 16:24

    O‘zbekiston asosan qaysi davlatlarga mahsulot eksport qilayotgani ma’lum bo‘ldi

    Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2026 yilning birinchi choragida Oʻzbekiston 5,8 milliard dollarlik mahsulot eksport qilgan.