AsosiyDunyo

JSST rahbari Kongodagi Ebola virusini to‘xtatish mumkinligini aytdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus Kongo Demokratik Respublikasida tarqalayotgan Ebola virusini nazoratga olish mumkinligini bildirdi.

'JSST rahbari Kongodagi Ebola virusini to‘xtatish mumkinligini aytdi'ning rasmi

U mamlakkatga tashrifi davomida kongoliklarga murojaat qilib, kasallikka qarshi kurashda xalqaro hamjamiyat yordam berishini ta’kidlagan.

“Bu kasallikni to‘xtatish mumkin. Birgalikda biz bu avj olgan epidemiyani yengib o‘tamiz”, degan JSST rahbari.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, 15 may kuni e’lon qilingan yangi epidemiya boshlanganidan buyon Kongo Demokratik Respublikasida 10 ta tasdiqlangan va 223 ta gumon qilingan o‘lim holati qayd etilgan. Virusni yuqtirganlar soni esa ming nafardan oshgan.

JSST haqiqiy ko‘rsatkichlar bundan ham yuqori bo‘lishi mumkinligini bildirmoqda. Chunki virus ma’lum vaqt aniqlanmasdan tarqalgan bo‘lishi ehtimoli bor.

Ma’lumot uchun, bu Kongo tarixidagi 17-Ebola epidemiyasi hisoblanadi. Mamlakatda ushbu virus ilk bor 1976 yilda aniqlangan.

Hozirgi epidemiyada o‘lim darajasi 24,6 foizni tashkil etmoqda. Bu Ebola virusi bo‘yicha o‘rtacha global ko‘rsatkich — 50 foizdan past.

Mutaxassislar hozircha Bundibugyo shtammi uchun tasdiqlangan davo mavjud emasligini aytmoqda. Shu bilan birga, JSST vaktsina va davolash usullari bo‘yicha klinik sinovlarni boshlashni tavsiya qilgan.

Qo‘shni Uganda esa Ebola bilan bog‘liq holatlar aniqlanganidan keyin Kongo bilan chegarasini yopishini ma’lum qildi. JSST esa bunday choralar noqonuniy o‘tishlarni ko‘paytirib, kasallikni nazorat qilishni qiyinlashtirishi mumkinligidan ogohlantirgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Frantsiya XVII–XVIII asrlarga oid “Qora kodeks”ni rasman bekor qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:34

    Frantsiya XVII–XVIII asrlarga oid “Qora kodeks”ni rasman bekor qildi

    Qaror deputatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi va mamlakatning mustamlakachilik davridan qolgan huquqiy merosini bartaraf etish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholandi.

    'AQSH va Eron 60 kunlik sulh bo‘yicha kelishuvga yaqinlashdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:28

    AQSH va Eron 60 kunlik sulh bo‘yicha kelishuvga yaqinlashdi

    Yakuniy qaror AQSh prezidenti Donald Trump tomonidan hali tasdiqlanmagan.

    'Ebola sabab Kanadaga kirish taqiqlanmoqda'ning rasmi

    Dunyo 28.05.2026 12:25

    Ebola sabab Kanadaga kirish taqiqlanmoqda

    So'nggi uch haftada Ebola xavfi yuqori davlatlarda bo'lgan shaxslar 21 kun karantinda bo'lishi kerak.

    'Shveytsariya endi dunyoning eng qimmat mamlakati emas'ning rasmi

    Dunyo 28.05.2026 11:38

    Shveytsariya endi dunyoning eng qimmat mamlakati emas

    Islandiya yashash qiymati bo‘yicha dunyodagi eng qimmat mamlakatga aylandi. Bu haqda “Iceland Monitor” nashri xabar berdi.

    'Isroil G‘azoda “Hamas” harbiy qanotining yangi rahbarini yo‘q qilganini bildirdi'ning rasmi

    Dunyo 28.05.2026 02:59

    Isroil G‘azoda “Hamas” harbiy qanotining yangi rahbarini yo‘q qilganini bildirdi

    Isroil armiyasi G‘azo sektori shimoliga uyushtirilgan havo hujumi natijasida “Hamas”ning harbiy qanotiga yaqinda rahbar etib tayinlangan Muhammad Odeh o‘ldirilganini ma’lum qildi.

    'O‘zbekiston asosan qaysi davlatlarga mahsulot eksport qilayotgani ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 27.05.2026 16:24

    O‘zbekiston asosan qaysi davlatlarga mahsulot eksport qilayotgani ma’lum bo‘ldi

    Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2026 yilning birinchi choragida Oʻzbekiston 5,8 milliard dollarlik mahsulot eksport qilgan.