AsosiyJAMIYAT

Soliq tizimi to‘liq raqamlashtiriladi.

Prezident farmoniga muvofiq, soliq xizmatlari bosqichma-bosqich elektron formatga o‘tkazilаdi.

'Soliq tizimi to‘liq raqamlashtiriladi.'ning rasmi

O'zbekistonda soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish va tadbirkorlar uchun qulayliklarni oshirish maqsadida soliq tizimi bosqichma-bosqich to'liq raqamlashtiriladi.

Prezident farmoniga muvofiq, bu borada raqamli texnologiyalarni keng joriy etish ishlari izchil davom ettiriladi.

Xususan:

— soliq xizmatlari to'liq raqamli formatga o'tkaziladi;
— soliq hisobotlarini topshirish va majburiyatlarni bajarish jarayonlari soddalashtiriladi;
— nazorat tadbirlari zamonaviy xavf tahlili tizimlari asosida amalga oshiriladi;
— inson omilini kamaytirish hisobiga ortiqcha byurokratik jarayonlar qisqartiriladi;
— soliq to'lovchilar uchun xizmatlarning tezkorligi va sifati oshiriladi.

Ta'kidlanishicha, mazkur choralar tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratish, soliq tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlashga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar