2–5 iyun kunlari mamlakatning bir qator hududlarida kutilayotgan kuchli yomg'irlar sabab tog'oldi va tog'li joylarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.
Xususan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg'ona va Andijon viloyatlarida xavf darajasi yuqori baholanmoqda.
Mas'ul idoralar aholi, sayyohlar hamda haydovchilardan ehtiyotkor bo'lishni so'ramoqda. Fuqarolarga daryo o'zanlari, soylar va sel kelishi ehtimoli yuqori bo'lgan hududlarga bormaslik tavsiya etildi.






