AsosiyJAMIYAT

Fargʻonada yuz bergan YTH oqibatida haydovchi vafot etdi

Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

'Fargʻonada yuz bergan YTH oqibatida haydovchi vafot etdi'ning rasmi

Farg‘ona viloyati Quva tumanida Nexia-2 va Onix avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Voqea oqibatida haydovchilardan biri halok bo‘lgani haqida viloyat YHXB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, “Paxtakor” MFY hududidan o‘tuvchi D-105 “Farg‘ona halqasi” avtomobil yo‘lining 189-kilometrida 1977 yilda tug‘ilgan Nexia-2 haydovchisi avtozapravka shahobchasidan chiqib, qarama-qarshi harakat yo‘lagiga o‘tib ketgan. Shu payt o‘z yo‘nalishida harakatlanayotgan Onix avtomobili bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Nexia-2 haydovchisi Yu.I. olingan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgani qayd etildi.

    Boshqa yangiliklar