AsosiyJamiyat

Alisher Qodirov: Boshlang‘ich ta’limni boshqa tilda o‘qitish — bola manfaatiga zid

Alisher Qodirov maktabgacha tayyorlov kurslari hamda maktabning boshlang‘ich sinflarida ta’limni ona tilidan boshqa tilda olib borish masalasiga keskin munosabat bildirdi.

'Alisher Qodirov: Boshlang‘ich ta’limni boshqa tilda o‘qitish — bola manfaatiga zid'ning rasmi

Uning aytishicha, bu holatni bolaga nisbatan zararli, pedagogik xato hamda milliy o‘zlikka xiyonat sifatida baholash mumkin. Bu haqda  Qodirov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

Shuningdek, bunday amaliyot bolaning ustuvor huquqlarini buzishga olib kelishi ta’kidlandi.

Qodirovning fikricha, mazkur masala davlatning ta’lim standartlarida qat’iy tartib sifatida belgilanishi kerak.

    Boshqa yangiliklar